Belarusda 1000 nafardan kam “Vagner” aʼzolari qolgan — Buyuk Britaniya razvedkasi
“Endilikda “Vagner” yollanma jangchilarining Belarus hududidagi asosiy vazifasi Belarus armiyasi va xavfsizlik kuchlarini tayyorlash boʻlib qolmoqda”, deb yozadi Britaniya razvedkasi oʻz hisobotida.
Qayd etilishicha, Aleksandr Lukashenko “Vagner” jangchilarining vakolatlarini kengaytirishni istamaydi va ulardan Ukraina bilan chegarani qoʻriqlashda foydalanishni rejalashtirmaydi.
Bundan tashqari, Belarusda yollanma askarlarning mavjudligi Rossiya Federatsiyasi uchun foydalidir, chunki bu holat Kiyevni oʻz harbiylarini bir qismini shimoliy chegarada saqlashga majbur qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring