Belarus Prezidenti Samarqandga tashrif buyurdi

14:51 15 Sentyabr 2022 Siyosat
933 0

Foto: president.uz

15-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko amaliy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Aleksandr Lukashenko Hazrati Xizr majmuiga tashrif buyurib, Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti qabriga gul qoʻydi.

Tashrif dasturida Oʻzbekiston Prezidenti bilan uchrashish va SHHTning Samarqand sammiti tadbirlarida ishtirok etish ham koʻzda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер