Bektemir tumanida yer maydonlarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish boʻyicha 42 ta holat aniqlandi

14:13 29 Noyabr 2023 Jamiyat
336 0

Foto: “Oʻzagroinspeksiya” matbuot xizmati

Sugʻoriladigan ekin yer maydonida yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishi natijasida yetkazilgan zarar miqdori 1 348 265 819 soʻmni tashkil qilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-noyabrdagi “Toshkent shahrida sugʻoriladigan yerlardan samarali foydalanishni tashkil etish, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishda boshqaruv tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaroriga asosan poytaxtning Bektemir, Sergeli, Yashnobod, Mirzo Ulugʻbek va Yangihayot tumanlariga oʻtkazilgan sugʻoriladigan yer maydonlarini oʻzboshimchalik bilan egallanishini oldini olish, yerlardan foydalanishni tashkil etish va muhofaza qilish sohasida samarali davlat nazoratini amalga oshirish yuzasidan Bektemir tumanidagi sugʻoriladigan yer maydonlarida nazorat tartibida oʻrganish oʻtkazildi.

“Oʻzagroinspeksiya” matbuot xizmati tomonidan maʼlum qilinishicha, oʻrganish natijalarida mazkur tumanning Zabardast MFY hududidagi “Izzatilla Agro” fermer xoʻjaligiga tegishli qishloq xoʻjalik xaritasining 28q (1018 q)-konturidagi 43,9 ball bonitetli 1,97 gektar sugʻoriladigan ekin yer maydonlarida 42 ta holatda fuqarolar tomonidan oʻzboshimchalik bilan egallab olinib, beton poydevorlar, pishgan gʻishtlar bilan oʻrab, uy-joylar qurish ishlari amalga oshirilayotganligi aniqlangan. Buning natijasida tuproqning unumdor qatlamiga zarar yetkazilgan.

Ushbu fermer xoʻjaligiga tegishli 1,97 gektar sugʻoriladigan ekin maydonida yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishi natijasida yetkazilgan zarar miqdori 1 348 265 819 soʻmni tashkil qilmoqda. Yuqorida aniqlangan holatlarni bartaraf etish yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlariga maʼlumot taqdim etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер