Bektemir Meliqoʻziyev 7-raundda raqibini nokautga uchratdi
Oʻzbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqoʻziyev navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi. AQSHning Nevada shtati Las Vegas shahrida oʻtkazilgan boks oqshomida superoʻrta vazn toifasidagi sportchimiz ganalik Sena Agbekoga qarshi ringga koʻtarildi.
Oʻn raundga moʻljallangan jang yettinchi raundda Oʻzbekiston vakilining foydasiga texnik nokaut sifatida yozildi. Ushbu jangda Meliqoʻziyev oʻziga tegishli boʻlgan WBA qitʼalararo chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Bektemir Meliqoʻziyev mazkur natijasi orqali professional ringdagi gʻalabalari sonini 17-taga yetkazib oldi. Maʼlumot uchun, bokschimiz faoliyati davomida faqat bir marotaba raqibiga imkoniyatni boy bergan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring