Bekobodda suv toshqini sodir boʻldi
Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati Bekobod tumanida 2020-yil 29-30-aprel kuni sodir boʻlgan suv toshqini hodisasi yuzasidan axborot berdi.
Unga koʻra, 2020-yilning 29-aprel kuni soat taxminan 22:00 da Toshkent viloyati Bekobod tumani hududida kuchli yomgʻir yogʻishi natijasida tumanning “Navbahor” hududi, 1-boʻlim, “Dehqonobod” mahallasi hududidan oqib oʻtuvchi “Sardobsoy” (boshlanish qismi qoʻshni Tojikiston Respublikasi hududida) soyining suv oqimi keskin koʻtarilib, oʻzanidan toshgan.
Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yoʻq. Mazkur holat viloyat hokimi Rustam Xolmatov tomonidan nazoratga olindi va viloyat hokimi zudlik bilan voqea joyiga yetib bordi. Ayni paytda hokimligi va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakillaridan iborat ishchi guruh zarar koʻrgan aholi xonadonlariga amaliy yordam koʻrsatish hamda oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan tezkor choralar koʻrmoqda.
Hududga Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda tegishli korxona va tashkilotlarning kuch vositalari jalb qilingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring