Bekobod tumani hokimi oʻzgardi

18:55 18 Fevral 2020 Jamiyat
6299 0

Fotо: Тошкент вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати

Bugun, 18-fevral kuni Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining navbatdan tashqari toʻrtinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiya ishida tashkiliy masala koʻrilgan va tuman hokimi Neʼmat Ozodovich Abdullayev lavozimidan ozod etilgan.

Viloyat hokimi Rustam Xolmatov Bekobod tumanini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishning eng muhim jihatlariga toʻxtalgan, xususan, eksport, investitsiya, yoshlar bilan ishlash, ularni ish bilan taʼminlash kabi ustuvor masalalarda Bekobod tumani viloyatda eng oxirgi oʻrinlarda borayotganini tanqid qilgan.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, Bekobod tumani hokimi vazifasiga Furqat Abdusalomovich Xudoyberdiyev nomzodi tavsiya etilgan, muhokamalardan soʻng u Bekobod tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlangan.

Furqat Xudoyberdiyev 1979-yili Boʻka tumanida tugʻilgan. U 2000-yilda Toshkent davlat agrar universitetini, 2012-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Furqat Xudoyberdiyev Toshkent viloyati hokimligi Moliya bosh boshqarmasi boshligʻi sifatida ishlagan.

Tumanning sobiq hokimi Neʼmat Abdullayev 2018-yilning sentyabrida lavozimga tayinlangandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер