Beeline Uzbekistan rahbari isteʼfoga chiqadi
Arxiv foto
VEON kompaniyasi 2019 yilning birinchi martidan boshlab Beeline Uzbekistan kompaniyasining direktori almashtirilishini maʼlum qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy bayonotida bildirilgan.
Unga koʻra, 1 martdan boshlab kompaniyaning Oʻzbekistondagi filialini Sergey Afonin boshqarib boradi.
Maʼlumot uchun, Sergey Afonin 2016 yildan boshlab VEON Group kompaniyasida Beeline Russiaʼning Janubiy mintaqaviy filiali direktori lavozimida ish boshlagan. Oldinroq u Rossiyadagi FMCG-kompaniya direktori lavozimida ishlagan.
Sergey Afonin bu lavozimga Beeline Uzbekistan kompaniyasini uch yil davomida boshqarib borgan Dmitriy Shukov oʻrniga tayinlanadi. U 2015 yilda bu lavozimni egallagandi.
“Sergey turli sohalarda, jumladan telekommunikatsiya sohasida ham ulkan tajribaga ega. Biz uning boshqaruv qobiliyati va yetakchilik xususiyatini, VEONdagi uch yillik faoliyati davomida oʻzini koʻrsata olganini yuksak qadrlaymiz. Sergeyning yangi lavozimga oʻtishi bizning Oʻzbekistondagi pozitsiyamiz mustahkamlanishiga, shu bilan birga, raqamli xizmatlar sohasining oʻsishi, korporativ etikani mustahkamlash va biznesdagi shaffoflikni taʼminlashga xizmat qiladi, deb ishonaman”, deya gapirib oʻtgan CEO Veon Group rahbari Ursula Byorns.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring