Bashariyat eʼzozidagi shoir

17:20 08 Fevral 2020 Jamiyat
1257 0

Shu kunlarda mamlakatimizda buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludining 579-yilligiga bagʻishlangan maʼrifiy tadbirlar, adabiy kechalar, ilmiy anjumanlar, mushoiralar oʻtkazilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati markaziy apparatida boʻlib oʻtdi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari, senator M.Xojimatov, Oʻzbekiston xalq artisti Yo.Ahmedov va boshqalar yuksak maʼnaviyat, did va eʼtiqod falsafasi, barkamollikka intilishning oydin yoʻli sifatida buyuk bobomiz Alisher Navoiyning benazir shaxsi, betakror ijodini oʻrganish bugungi kunimiz uchun gʻoyatda dolzarb ekanini taʼkidladi.

— Hazrat Navoiy asarlarida insonni sevish, qadrlash, mehr-oqibat koʻrsatish, saxovatpeshalik, millatlararo bagʻrikenglik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom koʻrsatish, elga naf yetkazishni oliy saodat deb bilish asosiy gʻoyalardandir, — deydi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Abdumurod Tilavov. — Yetuk odob-axloq sohibi boʻlish, jami ezgu fazilatlarni egallash, zamonasining barcha ilmu hunarlarini oʻzlashtirish, ham maʼnaviy, ham jismoniy barkamollikka intilish, doimo elu yurt xizmatiga shay turish, halol va pok yashash, Vatanga sodiq farzand boʻlish, burch va masʼuliyat tuygʻusini hamma narsadan ustun qoʻyish shoir orzu qilgan komillik yoʻlidir. Buyuk mutafakkirning asarlari necha asrlardan buyon butun dunyo xalqlari tomonidan katta ishtiyoq va mehr bilan oʻrganib kelinayotgani shundan.

Tadbirda bashariyat eʼzozidagi shoir gʻazallari va hikmatlaridan namunalar oʻqildi.

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер