“Barselona” yana La Liga yetakchisiga aylandi
Kecha, 22-fevral kuni Ispaniya La Ligasining 25-turidan oʻrin olgan bahslar davom ettirildi. Tur doirasidagi uchrashuvda “Barselona” oʻz maydonida “Levante”ni qabul qildi.
Uchrashuv 3:0 hisobida “Barselona”ning ishonchli gʻalabasi bilan yakunlandi. Hisob 4-daqiqada Mark Bernal tomonidan ochildi. 32-daqiqada Frenki de Yong ustunlikni mustahkamlab, hisobni 2:0 koʻrinishiga olib keldi. Birinchi boʻlim shu hisob bilan tugadi.
81-daqiqada Fermin Lopes uchrashuvdagi soʻnggi golni kiritdi. Shu tariqa Kataloniya klubi yirik gʻalabani rasmiylashtirdi.
Ushbu natijadan soʻng Xans Flik shogirdlari turnir jadvalida 61 ochko jamgʻargan holda yana birinchi oʻringa koʻtarildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring