Barcha xodimlar “Yangi yil”da ketma-ket 4 kun dam olishi mumkin

17:17 19 Dekabr 2023 Jamiyat
586 0

Yangi yilda ish haftasining turidan qatʼi nazar barcha xodimlar ketma-ket 3 kun dam olishlari aniq: 30-dekabr — shanba, 31-dekabr — yakshanba, 1-yanvar — dushanba (Yangi yil).

2024-yilda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda koʻchirilishi mumkin:

6-yanvar — shanba kunidan 2-yanvar — seshanba kuniga. Shunda 2-yanvar seshanba 5 kunliklar uchun dam olish hisoblanib, 6-yanvar — shanba esa ish kuni boʻladi.

6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun esa 2-yanvar seshanba qoʻshimcha dam olish kuni sifatida belgilanishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер