Barcha tuman va shahar shifoxonalari statsionar mammograflar bilan taʼminlanadi — SSV

16:53 02 Dekabr 2023 Jamiyat
359 0

Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov yurtimizda mehmon boʻlib turgan “FUJIFILM Healthcare Turkey” kompaniyasi prezidenti Kentaro So boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Muloqot avvalida dunyoga mashhur ushbu kompaniyaning eng soʻnggi rusumdagi mammografiya, magnit-rezonans tomografiya, kompyuter tomografiyasi kabi tibbiy texnologiyalari imkoniyatlarini aks ettiruvchi taqdimot oʻtkazildi.

Qayd etilganidek, mamlakatimiz sogʻliqni saqlash tizimini transformatsiya qilishda bunday innovatsion diagnostika vositalariga ehtiyoj katta.

Masalan, koʻkrak bezi saratoni Yer yuzida bevaqt hayotdan koʻz yumish holatlarining eng keng tarqalgan ikkinchi omilidir. Bu kasallik ayollar oʻlimi sabablari orasida birinchi oʻrinni egallaydi.

Shu bois BMT 2040-yilga kelib, koʻkrak bezi saratonidan 2,5 million nafar ayolning hayotini saqlab qolishga doir global maqsadni ilgari surgan. Bu borada kasallikka erta va aniq tashxis qoʻyish imkonini beradigan mammografiya texnologiyalarining ahamiyati katta.

Muloqot yakunida “FUJIFILM Healthcare Turkey” prezidenti bilan yurtimizdagi barcha tuman va shahar tibbiyot shifoxonalarini kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan statsionar mammograflar bilan taʼminlash yuzasidan kelishuvga erishildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер