Barakali yilning bayramona sarhisobi

14:25 13 Dekabr 2021 Jamiyat
661 0

Foto: "Xalq so'zi"

Bu yil surxondaryolik dehqonlar uchun chindan xam barakali boʻldi. Koronavirus pandemiyasi hamon davom etayotgan va dehqonchilik uchun ham murakkab vaziyat hukm surganiga qaramay, viloyatda 610 ming tonna gʻalla, 1 ming 715 tonna pilla, 1,6 million tonna meva-sabzavot, 202 ming tonna goʻsht va sut mahsulotlari yetishtirildi. 253 ming tonna paxta hosili yigʻib olinib, oʻtgan yilga nisbatan 52 ming tonna koʻp xom ashyo olindi. Paxtachilikdagi hosildorlik oʻrtacha 7,5 sentnerga oshdi.

Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni munosabati bilan Termiz shahrida oʻtkazilgan bayram tadbirida mana shunday salmoqli natijalar uchun ilgʻor fermer va dehqonlar, mexanizatorlar, suvchilar, tajribali tomorqa yer egalari, sohaga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar va qayta ishlash korxonalari vakillariga minnatdorlik bildirildi.

Qayd etilganidek, viloyatda yangi klasterlar faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda. Zamonaviy issiqxonalar xalqimizni qishin-yozin sarxil neʼmatlar bilan taminlashga, hududning eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Ayni paytda vohada 1 ming 500 gektar maydonda issiqxona barpo etilgan boʻlib, uning 350 geyetari joriy yilda ishga tushirildi.

Tomorqa xoʻjaligi viloyat aholisi uchun qoʻshimcha daromad manbaiga aylandi.  Aholi tomorqalarida 950 ming tonna meva-sabzavot, poliz va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirilgani ayni fikrimiz tastigʻidir.

Shuni ham aytish kerakki, irrigatsiya tarmoqlari va meliorativ obyektlarni taʼmirlash-tiklash, rekonstruksiya qilish va yangidan qurishga ham etibor qaratilmoqda. Joriy yilning oʻzida 30 ming gektar maydonda suv taʼminoti, 25 ming gektar yerning meliorativ holati yaxshilandi. 14,5 gektar maydon qayta foydalanishga kiritildi.

Tadbirda davomida bir guruh soha xodimlari “Qishloq xoʻjaligi fidoyisi”, “Suv xoʻjaligi aʼlochisi” kabi koʻkrak nishonlari hamda viloyat hokimligining faxriy yorliq va qimmatbaho sovgʻalari bilan ragʻbatlantirildi.

Soha xodimlarini sharaflashga bagʻishlangan tadbir fayzli dasturxon atrofida, sanʼatkorlar ijrosidagi kuy-qoʻshiklarga ulanib, barcha xush kayfiyat ulashdi.

Ilhom Rahmatov, “Xalq soʻzi” muxbiri.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер