Bank kartasi mablagʻi “nomaʼlum” tarzda yechib olindi

15:00 12 Iyun 2023 Jamiyat
782 0

Jizzax viloyati Zafarobod tumanida yashovchi 27 yoshli B.M. ariza bilan murojaat qilib, unga tegishli bank kartasidan 3.000.000 soʻm pullarini nomaʼlum shaxs yechib olganligini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni maʼlum qilgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanida yashovchi 27 yoshli B.K. sodir etganligi, u B.M.ga tegishli mobil qurilmani sotib olib, unga “Click Evolution“ ilovasini oʻrnatganida fuqaro B.M. tegishli bank kartasi ulangan holatda qolib ketganligidan foydalanib undagi pullarni oʻzlashtirganligi maʼlum boʻldi.

Mazkur holat yuzasidan, B.K.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qism “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, B.K. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер