Banan importi 56,6 ming tonnaga oshgan
Illustrativ foto
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekistonga 104,4 ming tonna banan import qilingan.
Banan importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 56,6 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning 9 oyida Oʻzbekiston eng koʻp banan import qilgan davlatlar:
Ekvador – 103,5 ming tonna;
Qozogʻiston – 426 tonna;
Turkiya – 197 tonna;
Hindiston – 144 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring