Fargʻonada yosh juftlikning nikoh toʻyi kutubxonada oʻtkazildi

15:25 30 Oktyabr 2023 Jamiyat
422 0

Foto: Халқ сўзи

Qoʻqon shahrida istiqomat qiluvchi Baxtiyor va Mushtariyning nikoh toʻyi shaharning ziyo maskani boʻlgan Amiriy kutubxonasida boʻlib oʻtdi.

Yoshlarni mustaqil hayotga quyayotgan ilk qadamidan kitobxonlikka qiziqtirish, kitobxonlikni keng targʻib etish maqsadida tashkil etilgan tantanali marosimda qatnashgan Qoʻqon shahar hokimi Marufjon Usmonov Ahmedovlar oilasining ushbu tashabbusini olqishladi. Kelin-kuyovning oila aʼzolari va yaqin doʻstlarini qutlugʻ shodiyona bilan samimiy muborakbod etdi.

— Bugun yaxshi niyat bilan kutubxona oldidagi yashil maydonga manzarali daraxt koʻchatlari ekdik, — deydi kelin-kuyov. — Ishonamizki, kelajakda bu nihollar orzu-maqsadlarimiz kabi koʻkka boʻy choʻzadi.

Tantana ishtirokchilari kelgusida ezgu tashabbus mamlakatimiz boʻylab keng quloch yozishiga ishonch bildirdilar.

Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер