Baxtiyor Saidov AQSH elchisi Jonatan Devid Xenikni qabul qildi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati
2023-yil 4-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Amerika Qoʻshma Shtatlarining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Devid Xenikni qabul qildi.
Soʻnggi yillarda koʻp qirrali Oʻzbekiston-AQSH hamkorligi siyosat va xavfsizlik, savdo-iqtisodiyot, insonparvarlik, madaniy-gumanitar sohalarda faol rivojlanib borayotgani taʼkidlandi. Ikki mamlakat parlamentlari oʻrtasida ham qizgʻin muloqot yoʻlga qoʻyilgan.
Tomonlar 2022-yil dekabr oyida Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasidagi strategik sheriklik muloqotining ikkinchi yigʻilishi yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlarni har tomonlama amalga oshirishga tayyorligi qayd etildi.
Ikki tomonlama darajada va “C5+1” muloqoti doirasida rejalashtirilgan tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring