Baxt shahrida “Malham med” klinikasi foydalanishga topshirildi

08:16 07 Oktyabr 2021 Jamiyat
922 0

Yangi, zamonaviy barcha qulayliklarga ega boʻlgan mazkur “Malham med” klinikasi bemorlarga tashxis qoʻyish, davolash uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlar bilan taʼminlangan. Bular orasida soʻngi rusumdagi UZI, stomatologiya, fizioterapiya va boshqa tibbiy jihozlar ham bor.

— Hozircha klinikka uncha katta emas, — deydi tadbirkor Muxlisa Habibullayeva. — Kelajakda faoliyatimni kengaytirib, tibbiy xizmat koʻrsatish koʻlamini bugungi kun talabiga javob bera oladigan darajaga yetkazishni rejalashtirganman. Buning uchun yetarlicha shart-sharoit va imkoniyat bor.

Bundan tashqari 10 nafar soha mutaxassislari uchun ish oʻrini yaratildi. Bemorlarni qabul qilish va davolash uchun barcha imkoniyat muhayyo etildi.

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер