Baxmalda zaʼfaron unib chiqdi
Joriy yilning 6-oktyabr kuni Jizzax viloyatining Baxmal tumanida Oʻzbekistonda ilk bor Italiyadan olib kelingan zaʼfaron piyozi ekilgan edi. Oradan roppa-rosa bir oy oʻtdi. Eʼtiborlisi, “BMB Trade Group” va Italiyaning “Opera SRL” kompaniyalari hamkorligida amalga oshirilayotgan ushbu loyihaning dastlabki natijalari koʻzga koʻrina boshladi.
Kompaniyaning Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar departamentining maʼlum qilishicha, koʻplab insonlarning duosi, mehnati, mehr tafti bilan ona zaminga qadalgan zaʼfaron piyozlari bugun unib chiqdi!
Buni nafaqat ikki hamkor kompaniya, balki butun mamlakatimiz uchun ajoyib xushxabar, deyish mumkin.
Chunki xalqaro miqyosda zaʼfaronga boʻlgan talab juda yuqori boʻlib, Oʻzbekistonning ushbu turdagi mahsulot bilan dunyo bozoriga dadil kirib borishi mamlakatimiz eksport salohiyatini yangi yoʻnalish hisobiga oshirish, iqtisodiyotimizni rivojlantirish, xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring