Bayram kunlari tibbiyot muassasalari tunu kun ishlaydi — SSV

16:20 30 Dekabr 2022 Jamiyat
775 0

Davlatimiz rahbarining tegishli farmoniga koʻra, Yangi yil bayramida yurtdoshlarimiz 31-dekabrdan 4-yanvargacha ketma-ket 4 kun dam oladi. Ana shu davrda quyidagi davolash-profilaktika muassasalarining 40 ming nafar tibbiyot xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat koʻrsatadi:

— 1049 ta oilaviy poliklinika,

— 1080 ta oilaviy shifokor punkti,

— tuman, viloyat va respublika shifoxonalari,

— ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari,

— tibbiyot oliy oʻquv yurtlari klinikalari.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi 181 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul boʻlimi hamda tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi. Ushbu muassasalar zarur dori-darmonlar bilan taʼminlanib, zaxira oʻrinlari yaratilgan.

Yurtimiz boʻyicha 2755 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan boʻladigan chaqiriqlar asosida kunu tun xizmat koʻrsatadi.

Bundan tashqari, 227 ta tugʻuruq, 245 ta bolalar davolash muassasaci ham uzluksiz ish olib boradi.

Respublika Call-markazi (1003) orqali tibbiyotga tegishli savollaringizga malakali mutaxassislardan kechayu kunduz javob olishingiz mumkin.

Sanitariya-epidemiologiya xizmatining markaziy apparati va hududlardagi 14 ta boshqarma hamda 203 ta aholi punktida joylashgan boʻlimlarida ham 24 soat davomida navbatchi shifokor, vrach-laborant va yordamchi xodimlar faoliyatini davom ettiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер