“The Guardian” Baydenning prezidentligini “qargʻish urgan” deb atadi
Foto: AP
AQSHda benzin narxi oshishi davom etmoqda, bu esa prezident Jo Bayden va uning maʼmuriyati uchun yana bir muammo, deb yozmoqda “The Guardian”.
“Baydenning prezidentligini qargʻish urgan”, deydi siyosatshunos Larri Jeykobs.
Uning soʻzlariga koʻra, Baydenning muammolari lavozimga kirishgan birinchi kundan boshlangan: prezident birdan koronavirus pandemiyasi bilan toʻqnash keldi, keyin inflyatsiya nazoratdan chiqib ketdi, undan keyin Ukrainada inqiroz yuzaga keldi, hozir esa Qoʻshma Shtatlarda energiya xarajatlari tez oʻsishi qayd etilmoqda.
"The Guardian“ nashrining yozishicha, benzin Rossiyaning Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiya”sidan ancha oldin koʻtarila boshlagan. Biroq Bayden buning uchun Moskvani ayblagan. Koʻplab respublikachilar, oʻz navbatida, AQSH prezidentini saylovoldi vaʼdalarini bajarmagani, shuningdek, xatolarni inkor etishga uringani, lekin ularni tuzatmagani uchun qoralamoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring