Bayden vazifasiga kirishganining 60-kuniga qadar 100 million AQSH fuqarosi koronavirusga qarshi emlab boʻlinishiga vaʼda berdi
Foto: Reuters
AQSH prezidenti Jo Bayden mamlakat aholisiga qilgan murojaatida koronavirusga qarshi emlash tadbirlari rejadan oldin ketayotganini aytib oʻtdi.
“Men prezidentligimning dastlabki 100 kunida [koronavirusga qarshi] 100 million AQSH fuqarosi emlab boʻlinishi haqida aytgan edim. Bugun shuni maʼlum qilishim mumkinki, biz nafaqat ushbu rejani bajaramiz, balki uni oldinroq ham uddalaymiz. Chunki biz prezidentligimning 60-kunigacha 100 millionta emlashni amalga oshirish yoʻlidamiz”, degan davlat rahbari.
Avvalroq, Bayden mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligiga mahalliy "Johnson & Johnson" kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasidan 100 million doza sotib olishni buyurgan edi.
AQSH koronavirus qayd etilgan mamlakatlar roʻyxatida birinchi oʻrinda turibdi. Pandemiya boshidan beri 29 million nafardan ortiq amerikalik ushbu infeksiya bilan zararlangan. Shundan 530 ming nafardan ortigʻi kasallik asoratlari tufayli hayotdan koʻz yumgan.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra AQSH aholisi 328,2 million kishini tashkil etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring