Bayden Tramp siyosatidan shikoyat qildi

01:45 06 Yanvar 2021 Dunyo
961 0

AQSHning amaldagi prezidenti Donald Tramp rasman magʻlub boʻlgan sakkizta shtatida gʻolib boʻlmoqchi ekanligini maʼlum qildi. Bu haqda RIA nashri xabar bermoqda.

Jo Bayden Trampni koronavirusga qarshi kurashish oʻrniga saylov natijalari toʻgʻrisida “nolimoqda va shikoyat qilmoqda” deb masxara qildi. Shundan soʻng Tramp sakkizta shtatda gʻalaba qozonmoqchiligini eʼlon qildi.

Trampning soʻzlariga koʻra, demokratlar uni Jorjiya shtat saylovi natijasidan shikoyat qilganlikda ayblamoqda.

“Yoʻq-yoʻq. Men sakkizta shtat saylov natijasidan shikoyat qilyapman va ularning barchasida gʻalaba qozonaman deb oʻylayman”, dedi mamlakat prezidenti Jorjiya tarafdorlari bilan boʻlib oʻtgan suhbatda.

Tramp oʻz tarafdorlariga yaqinda vaziyat oʻzgarishini vaʼda qildi va ulardan keyingi xaftalarda nimalar sodir boʻlishini kuzatishlarini soʻradi.

Eslatib oʻtamiz, Donald Tramp AQSHning muhim shtatlaridan biri Jorjiya shtati vitse-gubernatorini saylovda toʻplangan ovozlarni oʻz foydasiga qayta sanab chiqishga chaqirgan. Bu haqda “The Washington Post” maʼlum qilgan.

Maʼlumot oʻrnida, AQSHda navbatdagi prezidentlik saylovidagi ovozlarni hisoblash masalasi boʻyicha sud jarayoni hali ham davom etmoqda. Ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Bayden saylovda gʻalaba qozonish uchun yetarlicha ovoz toʻplagan va Trampdan oʻzib ketgan. Shuningdek, Jo Bayden allaqachon oʻzini AQSHning saylangan prezidenti deb eʼlon qildi. Oʻz navbatida, Tramp Bayden oʻzini yangi rahbar deb atashga shoshilayotganini taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер