Bayden bir oy ichida rekord darajada xayriya mablagʻi yigʻdi — NYT
Foto: LIGA.net
Demokratlar partiyasidan AQSH prezidentligiga nomzod Jozef Baydenning saylovoldi shtab-kvartirasi avgust oyida taxminan 300 million dollardan koʻproq mablagʻ toʻplagani maʼlum qilindi.
“Bu rekord darajadagi xayriya mablagʻidir”, deya xabar bermoqda “The New York Times” oʻz manbalariga asoslanib. Aniq raqamlar oshkor etilmayotganligiga qaramay, maʼlum boʻlishicha, avgust oyida toʻplangan xayriya pullarining asosiy qismi aholi oʻrtasida onlayn tarzda mablagʻ yigʻish natijasida kelib tushgan.
Maʼlumot oʻrnida, avvalgi rekord 2008-yilning sentyabr oyida Barak Obamaning saylovoldi kampaniyasi tomonidan qayd etilgan, oʻshanda bir oy ichida yigʻilgan xayriya miqdori 193 million dollarni tashkil etgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring