Bayden BAA va Saudiya Arabistoniga qurol-yarogʻ va harbiy texnika sotishni toʻxtatdi

17:08 28 Yanvar 2021 Dunyo
1069 0

Foto: AP

AQSH prezidenti Jo Baydenning maʼmuriyati sobiq prezident Donald Tramp davrida tuzilgan qurol-yarogʻ savdosi boʻyicha bir qator shartnomalarning bajarilishini vaqtincha toʻxtatdi.

“CNN” xabariga koʻra, AQSH BAA va Saudiya Arabistoniga “F-35” rusumli samolyotlar va uchuvchisiz boshqariladigan harbiy qurilmalarni yetkazib berish toʻxtatilgan.

Bu qaror “oʻtish davrlariga xos odatiy maʼmuriy harakatlar” ekanligi va “AQSHning qurol-yarogʻ savdosi boʻyicha strategik maqsadlariga muvofiqligini” taʼminlash uchun ishlab chiqilgan deya izohlanmoqda.

Avvalroq AQSH prezidenti Jo Bayden maʼmuriyati Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklariga Amerika qurol-yarogʻ sotishga vaqtincha taqiq qoʻygan edi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер