Bahorning soʻnggi kunida yurtimizning 4 ta hududida 18 nafar kishida koronavirus aniqlandi

12:55 01 Iyun 2022 Jamiyat
461 0

2022-yil 31-may holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 239046 (+18) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

— 4 nafari Samarqand viloyatida,

— 1 nafari Fargʻona viloyatida,

— 1 nafari Toshkent viloyatida,

— 12 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

— Samarqand viloyatida 2 nafar,

— Xorazm viloyatida 1 nafar,

— Toshkent viloyatida 3 nafar

— Toshkent shahrida 5 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 237278 (+11) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер