Bahodir Jalolov finalga yoʻl oldi
Super ogʻir vazn toifasida Olimpiada oltin medali uchun jang qilayotgan Bahodir Jalolov Tokio-2020 finaliga yoʻl oldi. Hamyurtimiz murosasiz kechgan yarim final bahsida britaniyalik bokschiga qarshi ringga koʻtarildi.
Freyzer Klarkka bilan oʻtgan oʻta shiddatli va murosasiz ruhda oʻtgan jangda Jalolov oʻzining kuchli zarbalari bilan raqibini ojiz qoldirdi. 3-raund oʻtib borayotgan bir vaqtda raqibning jarohati sabab bellashuv yakuniga yetmadi. Oʻsha vaqtgacha hisoblangan ochkolar soni boʻyicha Jalolov yaqqol ustunlik qildi va Olimpiada finalga yoʻl oldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring