Bagʻdodda nima gaplar...

11:19 17 Avgust 2020 Jamiyat
1043 0

Oʻzbekiston isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiya tizimi tomonidan dorixonalardagi holat yuzasidan kunlik tahlillar olib borilmoqda. Shu oʻrinda Bagʻdod tuman jamiyati tomonidan ham uy sharoitida COVID-19 infeksiyasini davolash uchun tavsiya etilgan dori vositalari dorixonalarida mavjudligi va ularni narxi xamda zaxirasi yuzasidan  kunlik jamoatchilik monitoringi oʻtkazilmoqda. Monitoring natijalariga koʻra Bagʻdod shaharchadagi “SHIFO”, “ADONS FARM”, “RELAKS FARM”, “ASADBEK-MEGA FARM” kabi xususiy dorixonalaridagi quyidagicha holat maʼlum boʻldi. Askorbinka kislotasi zaxirada 800 soʻm, 2000 (ikki ming) dona, Gidroksixloroxin 200 mg dori vositasini mavjud emas, Paratsetamol 500 mg 1000 soʻm boʻlsa, zaxirada 3000(uch ming) dona qolgan, Azitromitsin 500 mgdori vositasi Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan va 5000 soʻmdan 30000 ming soʻmgacha, Gruzya ishlab chiqarilgani esa 36000 soʻm, Hindistonda ishlab chiqarilgani 25000 ming soʻmdan sotilmoqda. Dorixonalarda zaruriy dori vositalari zaxirasi yetarli darajada mavjudligi va amaldagi tartibga asosan belgilangan narxlarda sotilayotganligi kuzatildi.

Maqsadimiz xalqimizning karantin sharoitidagi eng zarur dori vositalariga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish qonunbuzilish holatlarining oldini olishga samarali hissa qoʻshishdan iboratdir. Oʻzmizni va yaqinlarimizni xavfdan xoli boʻlishi uchun eng asosiy talab bemaqsad koʻchaga chiqmaslik, muloqot davomida masofani saqlash, va eng xavfsiz joy uyimiz ekanligini unutmasligimizdir.

Dilorom Mirzayeva

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер