BAAdagi 48 qavatli osmonoʻpar binoda kuchli yongʻin yuz berdi
Foto: РИА Новости
BAAning Sharja amirligidagi Al-Nahd mintaqasida 48 qavatli osmonoʻpar binoda katta yongʻin kelib chiqdi, deb xabar berdi RIA Novosti.
Fuqaro mudofaasi bosh boshqarmasining xabar berishicha, bino va yaqin atrofdagi uylarda yashovchilar yongʻin oldidan evakuatsiya qilingan.
Gulf News nashri xabariga koʻra, yongʻin 48 qavatli Abbco turar-joy binosining oʻninchi qavatida yuzaga kelgan.
Maʼlum qilinishicha, yongʻin mahalliy vaqt bilan soat 21:04da binoning 10-qavatida boshlanib, tezda qolgan qavatlarga ham yoyilgan. Qutqaruvchilar voqea joyiga sanoqli daqiqalarda yetib kelishgan va binodagi barcha odamlarni evakuatsiya qilishga ulgurishgan.
Yongʻin 3 soatga bormay bartaraf etilgan.
Qurbonlar yoʻqligi, toʻqqiz kishi yengil jarohat olgani aytilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring