Azizbek Ikromov Favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlandi
Ikromov Azizbek Israilovich Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
Bildirilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Ikromov Azizbek Israilovich Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tayinlangan.
A.Ikromovning nomzodi avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan maʼqullangan edi.
Eslatib oʻtamiz, bundan avval Toshmatov Bahodir Hamidovich Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni lavozimiga tayinlangani haqida xabar berilgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring