“Ajoyib va juda oqilona” — Tramp Putinning DXR va LXRni tan olish qaroriga izoh berdi

19:44 23 Fevral 2022 Dunyo
1051 0

Foto: AFP

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Putinning Donesk xalq respublikasi (DXR) va Lugansk xalq respublikasi (LXR) mustaqilligini tan olish toʻgʻrisidagi farmonlarini “аjoyib va juda oqilona” deb atadi.

Bundan tashqari, Tramp Baydenning DXR va LXR suverenitetini tan olinishiga munosabatini ham baholab, “Bayden Oq uyda boʻlmasligi kerak edi va nima qilayotganini tushunmaydigan odam”, dedi.

Shu bilan birga, AQSHning sobiq prezidenti, agar u Oq uyda qolganida, bu yuz bermasdi, deya iddao qilib, Baydendan hech qanday javob boʻlmaganini taʼkidladi.

“Javob yoʻq... Bu juda achinarli”, dedi Tramp.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер