“Azal” aviakompaniyasi Bokudan Urganchga parvozlarni yoʻlga qoʻyadi
Ozarbayjonning “Azal” aviakompaniyasi Urganch va Bokuni toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar bilan bogʻlaydi. Birinchi muntazam yoʻlovchi reysi 2023-yil 28-yanvarga moʻljallangan. Reyslar Airbus A320 samolyotlarida haftada bir marta — shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, Urganch shahri Ozarbayjon aviatashuvchisi parvoz qila boshlagan Oʻzbekistondagi toʻrtinchi shahar boʻladi. Bokudan Toshkentga reyslar haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari muntazam ravishda amalga oshirilmoqda. Bokudan Samarqandga — seshanba va payshanba kunlari. Bokudan Fargʻonaga — payshanba kunlari.
1992-yilda tashkil etilgan Ozarbayjon Havo Yoʻllari (Azal) yirik aviatashuvchi boʻlib, Boeing va Airbus samolyotlarining zamonaviy parkiga ega boʻlgan MDH mamlakatlari aviatsiya hamjamiyatidagi yetakchilardan biri hisoblanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring