“Azal” aviakompaniyasi Bokudan Urganchga parvozlarni boshladi
2023-yil 28-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:33 da Ozarbayjonning “Azal” aviakompaniyasining samolyoti Urganchga kelib qoʻndi.
Boku — Urganch — Boku yangi parvoz yoʻnalishini ochgan bortida 99 nafar yoʻlovchisi boʻlgan Airbus A319 samolyoti anʼanaga koʻra tantanali ravishda kutib olindi. Muntazam reyslar haftada bir marta — shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, Urganch Ozarbayjon aviatashuvchisi parvoz qila boshlagan Oʻzbekistondagi toʻrtinchi shahar boʻldi. Bokudan Toshkentga reyslar haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari muntazam ravishda amalga oshiriladi. Bokudan Samarqandga — seshanba va payshanba kunlari. Bokudan Fargʻonaga — payshanba kunlari.
1992-yilda tashkil etilgan Ozarbayjon havo yoʻllari (Azal) aviakompaniyasi yirik aviatashuvchi boʻlib, Boeing va Airbus samolyotlarining zamonaviy parkiga ega boʻlgan MDH mamlakatlari aviatsiya hamjamiyatidagi yetakchilardan biri hisoblanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring