Ayol ultratovush tasvirida ikki yil oldin vafot etgan bobosining yuzini koʻrdi

09:12 05 Fevral 2021 Dunyo
3481 0

Shotlandiyaning Kiluinning shahrida yashovchi homilador ayol ultratovush tekshiruvi payti tasvirda ikki yil oldin vafot etgan bobosi Tomas Braunning yuzini koʻrib qoʻrqib ketgan.

“The Sun” gazetasining yozishicha, 26 yoshli Jeymi-Li Likrish ikki yoshli farzandning onasi. Ayni paytda u egizaklarni koʻtarib yuribdi.

Ayol mutaxassisga qoʻngʻiroq qilib, ushbu holatga izoh soʻragan.

“Mutaxassis bu bobomning menga gʻamxoʻrligi boʻlishi mumkinligini aytdi. Garchi juda qoʻrqqan boʻlsam ham, men bunga ishondim, tasvirdagi bobom edi”, deydi ayol.

Likrish aytishicha, onasi vafotidan keyin u bobosi Tomas va buvisi Juni qaramogʻida qolgan. Ular olamdan oʻtgach ayol qattiq qaygʻurgan.

Ultratovush tasvirida erkakdan tashqari uzun sochli ayol qiyofasi ham aks etgan. Bu uning marhum buvisi yoki onasi boʻlishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер