Ayol rahbarlar boshqaruvidagi korxonalarning sof daromadi 9,2 trln. soʻmga oshgan
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda ayol rahbarlar boshqaruvida kichik korxona va mikrofirmalarning mahsulot sotishdan tushgan sof daromadi 31,8 trln. soʻmni tashkil etgan.
Ayol rahbarlar boshqaruvidagi kichik korxona va mikrofirmalarning sof daromadi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 9,2 trln. soʻmga oshgan.
2023-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda ayol rahbarlar boshqaruvidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 39 078 tani tashkil etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring