Avtotest monopoliyasi davri tugadi

11:37 01 Iyun 2018 Jamiyat
13550 0

Bugundan boshlab nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar ham avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasi oshirish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ldi.

Mazkur qoida Vazirlar Mahkamasining 2018 yil fevral oyidagi “Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yilgan edi.

Shu paytgacha yuridik shaxslar haydovchilari malakasini oshirish bo‘yicha alohida huquq “Avtotest Report” MCHJ va ustav fondidagi kamida 51 foiz hissasi(aksiyasi) “Avtotest Report” MCHJga tegishli bo‘lgan tashkilotlar ega edi.

Qolaversa, mazkur faoliyat bilan davlat muassasalari va O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, “Toshshahartransxizmat”, “Transkasb” tashkilotlari, Avtomobilchilar ko‘ngillilar jamiyati ham shug‘ullanib kelayotgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер