Avtoshinalarning noqonuniy savdosiga chek qoʻyildi
Bugungi kunda oʻz manfaatini davlat va jamiyat manfaatlaridan ustun qoʻyib, noqonuniy faoliyat bilan shugʻullanayotgan hamda sogʻlom raqobat muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan fuqarolar ham afsuski uchramoqda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida ana shunday salbiy holatlarning oldini olish maqsadida davlat soliq xizmati organlari tomonidan profilaktik nazorat tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat soliq boshqarmasining soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi tomonidan tashkil etilgan navbatdagi nazorat tadbirida Xoʻjayli tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro D.Sh. noqonuniy ravishda chet elda ishlab chiqarilgan 12 turdagi avtotransport shinalarini sotish bilan shugʻullanib kelganligi aniqlandi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot shoʻbasi xabar bermoqda.
Natijada fuqaro D.Sh.ning jami qiymati 114 mln. 650 ming soʻmlik 12 turdagi 477 dona shinalari savdosiga chek qoʻyilib, masala qonuniy hal boʻlguniga qadar vaqtinchalik olib qoʻyildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring