Avtomobil ustiga chiqib raqsga tushganlar jazolandi (+video)
Soʻnggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil ustiga chiqib, raqsga tushish holatlari ommalashdi. Mazkur holat yuzasidan Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ogohlantirish bilan chiqdi.
Unda aytilishicha, harakatlanayotgan avtomashina ustida raqsga tushganlar haydovchilik guvohnomasidan 1-yilga mahrum boʻlgan, shuningdek, bazaviy hisoblash miqdorining 25 barobari — 9 million 375 ming soʻm jarimaga tortilgan.
“Trendga ergashib vijdonini, bilimini va vaqtini sarf qilayotgan yoshlar oʻylang – bu sizni rivojlantiryaptimi yoki havoyi fikrlar bilan chalgʻityaptimi? Unutmang, haqiqiy liderlar turli xil ommalashayotgan videolar ortidan emas jamiyatga foydasi tegadigan yangicha gʻoyalar ortidan boradi”, — deyiladi ogohlantirish xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring