Avtomobil raqamini yashirgan haydovchi mashinada inson jasadi borligini aytdi. Ammo..

12:04 08 Yanvar 2021 Jamiyat
1667 0

Joriy yilning 7-yanvar kuni Jizzax viloyati hududida joylashgan “Manas-14” muntazam YPX maskanida xizmat olib borgan YPX xodimlari tomonidan ushbu maskandan harakatlanib oʻtayotgan davlat raqam belgisi ustiga ”Gruz-200” yozuvi yozilgan qogʻozni yopishtirib olgan “Kobalt” rusumli avtomobil toʻxtatildi.

Haydovchi avtomobilda inson jasadini ayrim sabablarga koʻra olib ketayotganligini bildiradi. Xolislar ishtirokida avtomobil saloni va yukxonasi tekshiruvdan oʻtkazildi. Haydovchining soʻzlari yolgʻon boʻlib chiqdi. Haydovchi yoʻllardagi fotoradarlarga tushib qolmaslik, tezlikni meʼyoridan oshirib transport vositasini boshqarish maqsadida ana shunday yolgʻonni oʻylab topganligi aniqlandi. Shuningdek, orqa va old davlat raqam belgisi loy bilan berkitib olingan “Epika” rusumli transport vositasi toʻxtatilganda, ushbu avtomobil haydovchisi ham xuddi “Kobalt” haydovchisi kabi yoʻllardagi fotoradarlarga tushib qolmaslik, tezlikni meʼyoridan oshirib transport vositasini boshqarish maqsadini koʻzlaganligi maʼlum boʻlgan.

Har ikkala avtomobil haydovchisiga nisbatan Yoʻl harakati qoidalarining 3-ilovasi, 7.15-bandi (transport vositasida roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini koʻrinishini cheklaydigan, toʻgʻri aniqlanishiga xalaqit beradigan har-xil buyumlar oʻrnatilgan va qoplamalar bilan qoplangan boʻlsa)da belgilangan talablarni buzganliklari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 127-moddasi 2-qismi (davlat raqam belgilarini koʻrish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga toʻsqinlik qiladigan turli ashyolar oʻrnatish va qoplama surtish) tartibida maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер