Avtomobil narxi oshdimi?
Ushba savolga “UzAuto Motors” quyidagicha javob berdi:
“Koʻplab xaridorlar tomonidan yoʻllanayotgan va qiziqtirayotgan savol aynan shu boʻlmoqda. Qisqacha javob beradigan boʻlsak, YOʻQ, avtomobil narxi oshmagan. Quyida buni tushuntirishga harakat qilamiz...
Gap shundaki, 2020-yildan boshlab “UzAuto Motors” AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan yangi komplektatsiyalaridagi “Spark”, “Cobalt”, “Lacetti” avtomobillari jahon standartlariga oid texnik reglamentga amal qilgan holda baʼzi qoʻshimcha opsiyalar bilan jihozlanmoqda.
Shu bois mazkur opsiyalarning belgilangan narxi avtomobil narxiga qoʻshimcha sifatida qoʻshilgan. Yaʼni avtombil narxi oʻz-oʻzidan emas, qoʻshimcha opsiya oʻrnatilgani uchun biroz oshgan.
Mazkur holat diler va xaridor oʻrtasida tuziladigan shartnomaning 2.4 bandida ham keltirib oʻtilgan.
Shuningdek, shartnoma shartlariga koʻra, qoʻshimcha opsiyalar kiritish bilan bogʻliq ravishda avtomobil (tovar) narxi oʻzgargan taqdirda xaridor oʻz xohishiga binoan toʻlangan toʻlov summani qaytarish sharti bilan tovarni qabul qilishdan voz kechishi, qiymatdagi farqni toʻlashi yoki tovarni yetkazib berilishi mumkin boʻlgan boshqa model va modifikatsiyadagisiga almashtirishni talab qilish huquqiga ega“.
Ushbu jadvalda qoʻshimcha opsiyalar, ularning turi va narxi boʻyicha batafsil maʼlumot keltirilgan:

Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring