Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining bir guruh mutaxassislari BAAning yoʻl qurilish sohasidagi tajribasini oʻrganmoqda
Stajirovka dasturi Dubay Yoʻllar va transport idorasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Davlatimiz rahbarining “Yoʻl xoʻjaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-330-son qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi” muvofiq, rivojlangan davlatlar, shu jumladan, Birlashgan Arab Amirliklarining yoʻl qurilishi sohasida faoliyat yuritayotgan kompaniyalarda oʻrta boʻgʻindagi mutaxassislarimizning amaliyotini tashkil etish vazifasi belgilangan.
Shunga koʻra, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan BAA Hukumat ishlari vazirligi hamda Dubay Yoʻllar va transport idorasi bilan hamkorlikda stajirovka dasturi ishlab chiqildi.
Ishtirokchilar Dubay Yoʻllar va transport idorasida strategik rejalashtirish jarayoni, 2023-2030-yillarga moʻljallangan dastur, hudud yoʻl tizimi va yoʻllar klassifikatsiyasi, yoʻllar holatini nazorat qilish, maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish va baholash tajribasi bilan tanishishdi.
Shuningdek, mutaxassislarimiz yoʻl qoplamasi holatini baholash, nosozliklarini aniqlash, texnik xizmat koʻrsatish ehtiyojlari (byudjet va resurslar)ni tahlil qilish yuzasidan amaliy reyslarda ishtirok etishadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring