Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 11 ming tonnaga koʻpaydi
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda shu yilning yanvar-sentyabr oylarida 769,1 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarish hajmidagi oʻsish 101,4 % ni tashkil etib, ishlab chiqarish hajmi 11 ming tonnaga koʻpaygan.
Avtomobil benzini ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan avtomobil benzinining jami hajmida eng yuqori ulushga ega boʻlgan hududlar:
Buxoro viloyati – 80,6 %
Fargʻona viloyati – 18,5 %
Qashqadaryo viloyati – 1,0 %
Maʼlumot oʻrnida, mamlakatimiz 2020-yilning 9 oyida xorijiy davlatlarga 55,9 mln. litr yoki
15,6 mln. AQSH dollarlik avtomobil benzinini eksport qilgan.
Oʻz navbatida yurtimizga xorijiy davlatlardan 152,9 mln. litr yoki 33,1 mln. AQSH dollarlik avtomobil benzini import qilingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring