Avtobenzinning sifatidan norozi isteʼmolchilar kimga, qanday murojaat qilishlari kerak? (+video)

11:34 30 Yanvar 2026 Jamiyat
362 0

Energetika vazirligi avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarida avtobenzinning sifati boʻyicha shubha tugʻilsa kimga va qanday murojaat qilish kerakligi toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Unda aytilishicha, yonilgʻi sotib olingan yoqilgʻi quyish shoxobchasining toʻliq nomi va manzili, shuningdek, mahsulot uchun toʻlov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi chek saqlangan boʻlishi lozim.

Agar avtotransport vositasining dvigatelida nosozlik aynan sifatsiz yonilgʻi sababli kelib chiqqan boʻlsa, dvigatel taʼmiri olib borilayotgan texnik xizmat koʻrsatish shoxobchasining rasmiy tasdiqlangan xulosasi talab etiladi.

“Sifat tekshiruvi faqat shubha tugʻilgan yoqilgʻi quyish shoxobchalarda saqlanayotgan neft mahsulotlaridan belgilangan standart talablar asosida namuna olish orqali amalga oshiriladi va kimyo-nazorat laboratoriyalarida tahlil qilinadi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Isteʼmolchilar shubha tugʻilgan AYOQSHlarda sifatsiz neft mahsulotlarining tarqatilishining oldini olish maqsadida, darhol “Oʻzenergoinspeksiya”ning 71 208-10-15 ishonch telefoniga murojaat qilishlari mumkin boʻladi.

Energetika vazirlik amaldagi tartib-qoidalarga muvofiq, avtotransport vositalarining yonilgʻi bakidan neft mahsulotlaridan namuna olish va uning sifatini tahlil qilish belgilanmaganini eslatib oʻtgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер