Avstraliyadagi oʻrmon yongʻini oʻnlab turar-joy binolarini vayron qildi

18:14 02 Fevral 2021 Dunyo
1674 0

Oʻrmon yongʻini Avstraliyaning gʻarbiy qirgʻogʻida joylashgan oʻnga yaqin turar-joy binolarini vayron qildi. Bu haqda»WA Today” nashri xabar bermoqda.

Xabarda yozilishicha, oʻrmon yongʻini aholi yashaydigan joylarga yaqinlashib, Suon shahridagi 30 ga yaqin turar-joy binolarini vayron qilgan. Natijada Gʻarbiy Avstraliyaning 400 ga yaqin aholisi evakuatsiya qilingan.

Mintaqaviy oʻt oʻchirish xizmat komissari Kreyg Uotersning soʻzlariga koʻra, yongʻin maydoni 60 km ga yetgan. Yongʻinni oʻchirishga 300 dan ortiq qutqaruvchilar jalb qilingan, ularga koʻngillilar va yovvoyi tabiat hamda biologik xilma-xillikni saqlash departamenti xodimlari yordam berishmoqda.

Yongʻinni oʻchirishga kuchli shamol va quruq issiq ob-havo toʻsqinlik qilmoqda. Maʼlum boʻlishicha, hozirda yongʻinni oʻchirishning imkoni boʻlmagan. Yongʻinda jabrlanganlar haqida maʼlumot yoʻq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер