Avloniy instituti Respublika milliy taʼlim markazi sifatida qayta tashkil etiladi

17:29 05 Aprel 2022 Siyosat
1352 0

Foto: president.uz

Prezident bu borada Qoraqalpogʻiston va Samarqand tajribasini koʻrsatib oʻtdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Misol uchun, Qoraqalpogʻistondagi mobil guruhlar bir oy davomida joyida muallimlarni oʻqitgani natijasida ularning bilim va koʻnikmalari 15 foizga yaxshilangan.

Samarqandda 420 nafar ilgʻor pedagoglar tanlab olinib, mobil guruhlar viloyatning 9 ming nafar oʻqituvchilar malakasini oshirishni boshlagan.

Avloniy instituti Respublika milliy taʼlim markazi sifatida qayta tashkil etiladi va Toshkent davlat pedagogika universiteti bilan yagona tizimga aylantiriladi.

Umuman, yangi metodikalarga oʻqitish tizimi Milliy taʼlim markazi va Toshkent davlat pedagogika universitetidan boshlanadi.

Universitet Xalq taʼlimi vazirligi tarkibiga oʻtadi, maktab oʻqituvchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha respublikadagi tayanch muassasaga aylantiriladi.

Hududlarda faoliyat yuritayotgan pedagogika oliygohlari bosqichma-bosqich universitetlar tarkibidan alohida ajratib chiqariladi va mustaqil taʼlim dargohiga aylantiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер