Atoqli oʻzbek adibi Gʻafur Gʻulom haqida film suratga olinadi
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK hamda Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda Oʻzbekiston xalq shoiri, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi, akademik Gʻafur Gʻulom haqida hujjatli film suratga olinadi. Bu haqda Agentlik axborot xizmati xabar berdi.
“Gʻafur Gʻulom. Umr daftari” filmi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan ishlab chiqarilmoqda. Mazkur kinokartina “Xalq yuragi” nomi ostida suratga olinayotgan turkum filmlardan biri. Ssenariy muallifi Rahmon Qoʻchqorov, rejissyor Murod Odilov.
Hujjatli filmning tasvirga olish ishlari Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi, Adiblar xiyoboni, Gʻafur Gʻulom uy-muzeyi, “Gʻalaba bogʻi”da boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring