“Atletiko Madrid” kutilmaganda magʻlub boʻldi

11:44 12 Aprel 2026 Sport
362 0

Kecha, 11-aprel kuni futbol boʻyicha Ispaniya La Ligasining 31-turidan oʻrin olgan bahslar davom ettirildi. Kun doirasidagi markaziy oʻyinda “Sevilya” jamoasi oʻz maydonida “Atletiko Madrid”ni qabul qildi. Uchrashuv Diyego Simeone boshqaruvidagi klubning 2:1 hisobidagi magʻlubiyati bilan yakunlandi.

Bahsda hisob 10-daqiqada ochildi. Mezbonlar futbolchisi Akor Adams penaltidan unumli foydalanib jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 35-daqiqada “Atletiko Madrid” aʼzosi Xavyer Bonar hisobni 1:1 koʻrinishiga keltirdi.

Hakam tomonidan birinchi boʻlimga qoʻshib berilgan ikkinchi daqiqada mezbonlar gʻalaba toʻpini kiritishdi. Ushbu golga Nemaniya Gudel mualliflik qildi.

Shu tariqa bahs “Sevilya”ning gʻalabasi bilan yakunlandi. Ushbu magʻlubiyatdan soʻng Madrid klubi musobaqa jadvalida 4-oʻringa tushib qoldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер