Adhamjon Ergashev — og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempioni

11:41 09 Iyul 2018 Sport
2985 0
Foto: olympic.uz

Shu kunlarda Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Aytish joizki, ushbu sport turi bo‘yicha bunday nufuzli musobaqa birinchi marta O‘zbekistonda tashkil etilmoqda.

Jahon chempionatida vazni 62 kilogrammgacha bo‘lgan atletlar o‘rtasida oltin medallar O‘zbekiston terma jamoasi a’zosiga nasib etdi. Hamyurtimiz Adhamjon Ergashev dast ko‘tarishda 135kg., siltab ko‘tarishda esa 160 kg. toshni o‘ziga bo‘ysundira oldi. Umumiy hisobda 295 kg. tosh ko‘targan yurtdoshimiz uchta oltin medal bilan taqdirlandi.

Adhamjon Ergashev bungacha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionatida g‘olib chiqqan edi. Shuningdek, u o‘tgan yili kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida bronza medal sohibi bo‘lgandi.

Foto: olympic.uz

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер