Asossiz penya haqiqiy emas deb topildi
Qarshi tuman Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Qarshi tuman, “Istiqlol” MFY, “Akish” qishlogʻida yashovchi Xoʻjaqulov Normamat Xasanovich ariza bilan murojaat qilib, xonadoni tabiiy gazga ulanganligi, toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirib borishi, ammo Qarshi tumangaz uchastkasi xodimlari tomonidan asossiz 512000 soʻm penya undirilganligidan norozi boʻlib, ushbu holatga aniqlik kiritib berishni soʻrab murojaat qildi.
Murojaat yuzasidan Qarshi tuman Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan vakolat doirasida oʻrganilib, toʻplangan barcha hujjatlar asosida isteʼmolchi N.Xujaqulovningqonuniy manfaatini koʻzlab Qarshi tumanlararo fuqarolik sudiga daʼvo arizasi kiritildi.
Qarshi tumanlararo fuqarolik sudining 2019-yil 26-noyabr kunidagi hal qiluv qaroriga asosan isteʼmolchi N.Xujaqulovning foydasiga javobgarlar Qashqadaryo Gaz taʼminot hududiy filiali va Qarshi tuman gaz uchastkasining hisobidan noqonuniy tartibda asossiz undirilgan 521000 soʻm penyani qaytarib undirish majburiyati yuklatildi va isteʼmolchining murojaati ijobiy hal etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring