Asosiysi — aholi roziligiga erishish

20:12 03 Fevral 2021 Jamiyat
1063 0

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri Sherzod Xidoyatov hamda vazirning birinchi oʻrinbosari Sohib Saifnazarov boshchiligidagi mutasaddilar Fargʻona viloyatida aholi bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda yurtdoshlarimizni qiynayotgan muammolar oʻrganilib, ularni bartaraf etish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Xususan, chekka qishloqlar va mahallalar qiyofasini tubdan yaxshilash, aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash darajasini oshirish bugungi kundagi dolzarb vazifalardan biridir.

Uchrashuv davomida fargʻonaliklar bu boradagi keng koʻlamli islohotlar bilan yaqindan tanishtirilib, ularga joriy yilda amalga oshirilishi koʻzda tutilgan vazifalar haqida ham batafsil maʼlumotlar berildi. Bunda bosh omil aholi roziligiga erishish ekanligiga alohida urgʻu berilib, oʻz oʻrnida ularning bu boradagi takliflari ham tinglandi.

Maʼlumot oʻrnida: Fargʻona viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari boʻyicha joriy yilning 1-yanvar holatiga 94,2 mlrd.soʻm (yillik rejaga nisbatan - 98%) miqdorida mablagʻlar moliyalashtirilishiga va 88,1 mlrd.soʻm (yillik rejaga nisbatan-92%) miqdorida qurilish-montaj ishlari amalga oshirilishiga erishilgan. Ushbu ishlar natijasida jami 110 ming nafardan ortiq aholi ichimlik suv taʼminlanib, 20 ming nafardan ortiq aholiga oqova suv xizmati koʻrsatila boshlandi.

“Obod qishloq” dasturi doirasida 2021-yil 1-yanvar holatiga 1,46 mlrd.soʻm (yillik rejaga nisbatan-88%) miqdorida mablagʻlar moliyalashtirilishiga va 1,33 mlrd.soʻm (yillik rejaga nisbatan-80%) miqdorida qurilish-montaj ishlari amalga oshirilishiga erishildi.Ushbu mablagʻlar hisobidan 96,2 km suv tarmogʻi yotqizildi.

“Obod mahalla” dasturi doirasida 2021-yil 1-yanvar holatiga 1,4 mlrd.soʻm (yillik rejaga nisbatan-88%) miqdorida mablagʻlar moliyalashtirilishiga va 1,34 mlrd.soʻm (yillik rejaga nisbatan-85%) miqdorda qurilish-montaj ishlari amalga oshirilishiga erishildi.

Ushbu mablagʻlar hisobidan 34,1 km suv tarmogʻi yotqizildi.

Mazkur yoʻnalishdagi ishlar joriy 2021-yilda ham munosib davom ettirilib, ichimlik va oqova suv xizmatini yaxshilash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi qaroriga asosan 20 ta obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun 77,0 mlrd.soʻm mablagʻlar ajratilishi va ushbu mablagʻlar doirasida jami 63,5 km ichimlik va oqova suv tarmogʻi, 15 dona ichimlik va oqova suv inshootlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер