Asaka tumanida 25 yillik suv muammosiga chek qoʻyildi
Asaka tumanida aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash, turmush uchun zarur eng asosiy neʼmat — “obihayot”ni barqaror yetkazib berish maqsadida keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, Argʻin mahalla fuqarolar yigʻini hududida 8,1 kilometr masofaga yangi suv quvurlari tortilib, zamonaviy suv qudugʻi va minorasi oʻrnatildi. Loyiha ishlari toʻliq yakunlanib, aholiga gidrotexnik xavfsiz va uzluksiz xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi.
— Qariyb 25 yil davomida ushbu hududda ichimlik suvi taʼminoti aholi uchun eng dolzarb muammolardan biri boʻlib qolgan edi, — deydi “Andijon suv taʼminoti” AJ bosh muhandisi Humoyun Alimov. — Koʻpchilik har kuni uyiga suv tashib kelib, kundalik ehtiyojlarini shuncha mashaqqat bilan qondirib kelardi. Bugun amalga oshirilgan loyiha tufayli bu muammolar butunlay bartaraf etildi.
Argʻin mahallasida 16 ta koʻcha, 628 ta xonadon mavjud boʻlib, 1232 nafar aholi istiqomat qiladi. Yangilangan suv tarmogʻi tufayli ularning turmush tarzi tubdan oʻzgardi, hayot sifati sezilarli darajada yaxshilandi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring